13 dek 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov Meksikada raqibini nokaut qildi + VIDEO
O'zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov Meksikada navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimizga meksikalik Abraham Oliva raqiblik qildi.
Bahs muddatidan oldin yakunlandi. Elnur jang davomida chap qo'lidagi kuchli zarba evaziga raqibini erga qulatdi va professional faoliyatidagi oltinchi jangida, oltinchi nokautli g'alabaga erishdi.
Raqib Oliva esa faoliyatidagi beshinchi jangida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Jangdan videoni tomosha qiling.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar