11 dek 12:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov Meksikada ringga ko'tariladi
Professional bokschimiz Elnur Abduraimov 12 dekabr kuni (bizning vaqt bilan 13 dekabr tongida) navbatdagi jangini o'tkazadi.
Jang Meksika poytaxti Mexiko shahrida tashkil etiladi. Hozircha bokschimizga kim raqiblik qilishi aniq emas.
Ushbu jang oqshomida boshqa bir o'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham ringga ko'tarilishi haqida Olamsport.com sayti orqali xabar berib o'tgandik.
Eslatib o'tamiz, Elnur Abduraimov Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritib ulgurgan. U to'rt yillikning eng muhim musobaqasiga prof ringdagi janglar orqali tayyorlanishni maqsad qilib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar