26 jan 11:06
Yangiliklar

Emelyanenko - Beyder chempionlik jangida kim hakamlik qiladi?
Kaliforniya shtati Sport komissiyasi AQSH vaqti bilan bugun (Toshkent vaqti bilan ertaga tong saharda) tunda o'tkaziladigan aralash qoidalar bo'yicha Bellator 214 oqshomining markaziy jangida hakamlik qiladigan referi nomini oshkor qildi.
Unga ko'ra, og'ir vazn toifasidagi Gran-pri turnirining rossiyalik Fyodor Emelyanenko hamda amerikalik Rayan Beyder o'rtasidagi final jangini mashhur referi Mayk Beltran boshqaradi. Jang besh raunddan iborat bo'ladi va g'olib Bellator chempioniga aylanadi.
Malumot uchun, Maykl Beltran Emelyanenkoning bundan avvalgi Frenk Mirga qarshi o'tkazgan jangida ham hakamlik qilgan edi. Beltran so'nggi bor 2018 yilning dekabr oyida Jon Jons va Aleksandr Gustafsson o'rtasidagi jangda ishlagan.
Fikrlar