26 jan 12:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko Beyderdan ikki barobar ko'p gonorar oladi
Rossiyalik mashhur aralash qoidalar jangchisi Fyodor Emelyanenko raqibi, yarim og'ir vaznda Bellator chempioni Rayan Beyderdan ko'proq gonorar oladi.
Ertaga bu ikki sportchi og'ir vaznda Bellator Gran-pri turnirining final jangida to'qnash kelishadi. Kaliforniya shtati sportiv komissiyasi har ikki jangchi uchun kafolatlangan gonorarlarni oshkor qildi.
Unga ko'ra, Fyodor Emelyanenko 300 000, Beyder esa 150 000 dollar gonorarga ega bo'ladi. Bu summaga qo'shimcha bonuslar kiritilmagan. Translyaciyalardan tushadigan foydadan ham ulush berilishi ko'zda tutilgan.
Havola :
Fikrlar