11 fev 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Emelyanenko: Kadirov meni urish uchun mashg'ulotlarga zo'r bergan bo'lsa kerak
So'nggi paytda mojarolarga aralashib qolgan rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Aleksandr Emelyanenko o'z fikridan qaytmayapti.
Emelyanenko CHecheniston rahbari Ramzan Kadirov bilan jang o'tkazish fikridan qaytmayapti.
"Bu masalani shaxsan Ramzan Axmatovich bilan gaplashib olishimiz kerak. U menga "vyzov" tashladi, men esa qabul qildim. O'ylashimcha, ayni paytda Ramzan Kadirov jangga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapti", - dedi Aleksandr Emelyanenko.
Eslatib o'tamiz, Emelyanenko navbatdagi jangini 3 aprel kuni o'tkazadi. U shu kuni Moskva shahrida ACA 107 turniri doirasida rossiyalik Magomed Ismailovga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar