19 iyu 07:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Emelyanenko – Maldonado hakamining jang yuzasidan fikri
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik afsonaviy sportchi Fedor Emelyanenko hamda braziliyalik Fabio Maldonado jangida hakamlik qilgan Viktor Korneev birinchi raunddagi holat yuzasidan o'z fikrini bildirdi.
“Agar Fedor birinchi raundda yuzaga kelgan holatda ikkita kuchli zarba o'tkazib yuborganida jangni to'xtatishim mumkin edi. Ha, to'g'ri, u birinchi raundda ko'p zarba o'tkazib yubordi. Lekin bu jangni to'xtatishimga asos bo'la olmasdi”, - dedi Korneev.
Eslatib o'tamiz, Emelyanenko birinchi raundda ketma-ket o'tkazib yuborilgan zarbalardan so'ng nokautga uchrashiga bir bahya qolgandi.
Havola :
Fikrlar