22 sen 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko nima uchun Tarasovni nokautga uchratmaganini tushuntirdi
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Aleksandr Emelyanenko o'zining nega bloger Artyom Tarasovni nokautga uchratolmadi degan savolga javob berdi.
Emelyanenko ushbu jangida hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi. «Agar men uning chap burchagida jang qilmoqchi bo'lsam, u darhol traektoriyasini o'zgartirib, boshqa tomonga yugurdi. Hatto u yuzini olib qochib, boshini oldinga tashlagan paytlar ham bo'ldi. Yuzini qaerga yashirishni bilmasdi. Men hatto xafa bo'ldim ham.
Agar imkoniyat bo'lsa, Tarasov chayqalib ringning narigi tomonida qolib ketardi. Men uning jangni davom ettirish istagi yo'qligini ko'rdim. U bo'g'ilib qoldi. Ham jismoniy, ham texnik jihatdan zaif edi. U har jihatdan mendan past edi», - dedi Aleksandr.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar