15 dek 19:02
Yangiliklar
Emelyanenko raqibidan 26 kg og'irroq tosh bosdi + FOTO
Bugun "Panorama 360" kuzatuv maydonida "Boycovskiy klub REN TV. Superseriya" turniri ishtirokchilarini rasmiy tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Oqshomning markaziy jangida Aleksandr Emelyanenko bloger Svyatoslav Kovalenkoga qarshi "qafas"ga kiradi.
Etiborlisi, 110 kilogramm vazn qayd etgan Emelyanenko raqibidan 26 kilogrammga og'irroq tosh bosgan. Kovalenkoning 83.9 kilogramm vaznga ega ekani oydinlashgan. Ushbu jang 3 daqiqadan 3 raund etib belgilangan.
Kechaning so main event jangi ham og'ir vaznda o'tkaziladi. Unda Vyacheslav Dacik va Pavel SHulskiy o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. Dacik 122 kg, SHulskiy esa 99.6 kg vazn qayd etgan.
Mazkur turnir 16 dekabr kuni tunda bo'lib o'tadi va REN TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar