30 dek 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko UFCning sobiq chempioni bilan jang qilishi mumkin
Bellator prezidenti Skott Kokerning aytishicha, Fedor Emelyanenko navbatdagi jangini Josh Barnettga qarshi o'tkazishi mumkin.
Qayd etish lozimki, Barnett 2002 yilda UFCda og'ir vazn chempioni bo'lgandi.
"Ayni paytda bu borada Barnett bilan ish olib borilmoqda. Bir hafta oldin u Gavayada yoqimsiz holatga uchradi: u kasal bo'lib qoldi.
U janglarga yanvarda qaytishini aytdi, ammo o'sha paytda bizda barcha joy band qilib bo'lingan. Agar Fedor qarshi bo'lmasa, Barnett Fedorga qarshi jangni istasa - biz buni tashkil qilib bera olamiz" - dedi Koker.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar