17 mar 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko Xaritonovga qarshi jang qilishi mumkin
Aleksandr Emelyanenko va Sergey Xaritonov o'rtasidagi jang 10 may kuni Samarada Bitva na Volge 11 turniri doirasida bo'lib o'tishi mumkin.
Bu haqida TASS jurnalisti Igor Lazorin xabar qildi.
"Tashkilotchilar Emelyanenkoga Xaritonovni taklif qilishdi. Sergeyga taklif etilgan pul maqul kelmadi va u o'z shartlarini aytdi. Ayni paytda uning «Bitva na Volge 11» turniridagi ishtiroki ko'rib chiqilmoqda. Agar tashkilotchilar istashsa bu jang amalga oshishi mumkin", - dedi Lazorin.
Eslatib o'tamiz, tomonlar 2006 yilning sentyabr oyida jang qilishgan va o'shanda Emelyanenko texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar