28 apr 12:52
Yangiliklar

Emelyanenkoga jang belgilandi
Emelyanenkolarning kichigi 26 may kuni Moskva shahrida hamyurti Evgeniy Ershovga qarshi oktagonga chiqadi. "Feniks" ishtirokidagi bahs oqshomning Co-main event jangi maqomida bo'ladi va uch daqiqadan uch raund etib belgilangan.
Malumot uchun, Aleksandr Emelyanenko so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Svyatoslav Kovalenkoga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Evgeniy Ershov esa faoliyatini o'tgan yili boshladi va qisqa muddatda 8 ta jang o'tkazdi. Hisobida 4 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
26 may kungi oqshomning markaziy jangi rossiyalik Aleksey Oleynik hamda britaniyalik Oli Tompson o'rtasida bo'lib o'tadi. Yana bir qiziqarli jang Ivan Emelyanenko hamda Aleksey Lednev o'rtasida o'tkaziladi.
Fikrlar