21 may 08:46
Yangiliklar
Futbol
Emeri Evrokubok finallaridagi g'alabalar bo'yicha Anchelotti, Mourinyu va Trapattoni rekordini takrorladi
Unai Emeri Evrokubok turnirlari finallarida qozonilgan g'alabalar soni bo'yicha murabbiylik rekordini takrorladi.
Bugun ispaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa turnir finalida "Frayburg"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, Evropa Ligasi g'olibiga aylandi. Bu Emeri uchun o'z faoliyatidagi beshinchi Evropa Ligasi sovrini bo'ldi.
Hech qaysi boshqa murabbiy yirik evrokubok musobaqalari finalida bundan ko'p g'alaba qozonmagan. SHuningdek, Karlo Anchelotti (CHempionlar Ligasida 5 ta g'alaba), Joze Mourinyu (CHempionlar Ligasida 2 ta, UEFA Kubogi / Evropa Ligasida 2 ta, Konferenciyalar Ligasida 1 ta g'alaba) va Jovanni Trapattoni (Evropa CHempionlari Kubogida 1 ta, UEFA Kubogida 3 ta, Kubok egalari Kubogida 1 ta g'alaba) hisobida ham 5 tadan evrokubok maqomidagi sovrin bor.

Havola :
Fikrlar