29 apr 07:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis Usikka qarshi revansh oldidan Joshuaga maslahat berdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endi Ruis Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh jangi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
Meksikalik bokschining fikricha, uning sobiq raqibi g'alaba qozonishi mumkin. Ammo, buning uchun u agressiv harakat qilishi kerak.
"Joshua revansh jangida g'alaba qozonishi mumkin. U ringga chiqib, boshida bo'lgani kabi tajovuzkor bo'lishi kerak. Usikning jangni o'z qo'liga olishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Joshua pressing qo'llab, Usikka tezkor zarbalar berishiga yo'l qo'ymasligi kerak. O'ylaymanki, Joshua g'alabaga erishadi", - dedi Ruis ESNEWS kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, ilk jangda ukrainalik bokschi Joshuani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, chempionlik kamarlariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar