06 dek 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Endi Uaylderning Fyuri bilan jang qilishga haqqi yo'q"
Deontey Uaylder endi Tayson Fyuri bilan jang qila olmaydi.
Bu haqda promouter Bob Arum xabar berdi.
"Aminmanki, Uaylderning uchinchi jang uchun boshqa huquqi qolmadi. U ishni sudga oshirdi. Katta ehtimol bilan bu talab rad etiladi. Lekin men ularni boshqacha fikrlash, sudga berish yoki bermasligiga aralasha olmayman.
SHartnomada Uaylderning muhlati oktyabr oyigacha qilib belgilangan edi. To'g'ri, u operaciya qildirdi. Lekin, shunday holatlar uchun ko'rsatilgan qo'shimcha 90 kun ham tugab bo'ldi.
Agar 12 dekabr kuni Joshua Pulevga mag'lub bo'lsa va keyin jang qila olmasa, shundagina Tayson Fyuri bilan Uaylderga qarshi jang uchun muzokara o'tkazishim mumkin", - dedi Bob Arum.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar