09 fev 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322137_220.jpg)
Endi UFC`da ikki Topuriya. Iliyaning akasi dunyoning kuchli Ligasida debyut qildi
Ayni daqiqalarda Avstraliyaning Sidney shahrida 2025 yilning ikkinchi raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
UFC 312 turnirining predim kardi doirasida gruziyalik Aleksandr Topuriya dunyoning eng kuchli Ligasida o'z debyutini o'tkazdi. CHempion Iliya Topuriyaning akasi avstraliyalik Kolbi Tiknessga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda to'ng'ich Topuriya ochkolar hisobiga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Bu Topuriya uchun UFC promoushenidagi debyut jang bo'ldi. Ungacha u MMAda 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan edi. Oqshomning markaziy jangi o'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi hamda ushbu kamarning sobiq egasi SHon Striklend o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar