So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

17 iyu 07:41
Yangiliklar

Dzyudo

Eng og'ir, eng salobatli dzyudochimizni tabriklaymiz!

Bugun dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Bekmurod Oltiboevning tug'ilgan kuni.

Bekmurod Oltiboev 1996 yilning 17 iyun kuni Surxondaryo viloyatining SHo'rchi tumanida dunyoga kelgan. Polvonlar yurtidan bo'lgani uchun yoshligidan milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bilan oshno tutindi. Keyinchalik esa dzyudoga o'tdi va murabbiyi Olim aka qo'l ostida shug'ullanishni boshladi. 

+100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz 2015 va 2016 yillarda ikki bor yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi. 2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida o'tkazilgan 18-Osiyo o'yinlarining bronza medali sovrindori. 2018 va 2019 yilgi Toshkent Gran-Prisida kumush, 2017 yilda aynan shu musobaqada bronza medaliga sazovor bo'lgan. 2018 yil Xoxot Gran-Prisida ham bronza medali bilan taqdirlangan. Ikki bor yoshlar o'rtasida Osiyo Kubogi g'olibiga aylangan. Kattalar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi. 2018 yil Bokuda kuchli beshlikdan joy olgan.        

Taqdirni qarangki, tug'ilgan kunidan bir kun oldin, yani kecha avtomobil salonidan yangi "Jentra" chiqdi. Albatta, bu Bekmurod Oltiboev uchun tug'ilgan kuniga ajoyib sovg'a bo'ldi. Mashinasining tagidan shamol o'tib tursin, deb niyat qilamiz. Abdulla Tangrievning izdoshi sifatida qaralayotgan Bekmurod polvonning hali g'alabali onlari oldinda. U ayni paytda Tokio-2020 Olimpiadasi reytingida yo'llanmalar zonasida turibdi.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, dzyudochilar, do'stlari nomidan Bekmurod Oltiboevni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. 

Tug'ilgan kun muborak, BEKMUROD!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing