19 iyu 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA
"Eng yomon vaziyatda Naoya WBA kamaridan ayriladi". Inoue Murodjon Ahmadaliev bilan jang qilmaydimi?
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum mijozi Naoya Inouega bog'liq keyingi rejalar bilan o'rtoqlashdi.
"Inoue 9 sentyabr kuni Yaponiyada Ti Jey Doxeni bilan jang qilishni rejalashtirmokda. Doxeni Yaponiyada juda mashhur, bu katta ahamiyatga ega. Keyin esa Naoya IBF kamarini Sem Gudmandan himoya qilishga urinib ko'radi. Undan keyin esa yarimengil vazn toifasiga ko'tariladi. Eng yomon vaziyatda Naoya WBA kamarini yo'qotadi. Bu esa biz uchun yo'qotish hisoblanmaydi", dedi Arum.
Avvalroq, WBA tashkiloti amaldagi chempion Naoya Inoue hamda majburiy davogar maqomidagi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev jangiga buyruq bergani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : fightnews
Fikrlar