26 apr 14:41
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika. Yoshlarimiz ilk kunda 4 ta medal qo'lga kiritishdi
Engil atletika bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi BAAda tashkil etilayotgan Osiyo chempionatining kechagi kunini ham muvaffaqiyatli o'tkazdi.
Hamyurtlarimiz kun davomida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Oltin medallarga ko'pkurashchimiz Nodir Norboev hamda 400 metrga yugurush dasturida Jonbibi Hukmova sazovor bo'lishdi. Kumush va bronza medallariga 3000 metrga stipl-chez dasturida mos ravishda Dilshoda Usmonova hamda Mashhura Soibova egalik qildilar.
SHu tariqa, hamyurtlarimizning joriy musobaqada jamg'argan medallari hozircha 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar