26 avg 15:47
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletikachilarimiz Markaziy Osiyo ochiq chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi
23-25-avgust kunlari poytaxtimizda engil atletika bo'yicha III Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo'lib o'tdi.
Unda 9 davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi g'oliblik uchun bahs olib bordi.
Turnir kelasi yil Pekin shahrida (Xitoy) bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli bo'ldi. Murosasiz bahslar yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik sportchilar 22 ta oltin, 20 ta kumush va 19 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Qayd etish joiz, ushbu musobaqa orqali terma jamoamiz murabbiylar shtabi atletlarimizning Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarligini ham ko'zdan kechirib oldi.










Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar