08 iyu 06:51
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini beshta medal bilan yakunlashdi
Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida start olgan engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
To'rt kun davom etgan musobaqada qitamizning eng kuchli yosh atletlari g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi esa 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor bo'lib, umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston jamoalaridan so'ng to'rtinchi o'rinni egalladi.
Musobaqa qahramonlari:
Oltin medal:
Barnoxon Sayfullaeva (balandlikka sakrash)
Xushnoza SHavkatova (uch hatlab sakrash)
Dilshoda Usmonova (stipl-chez)
O'g'iloy Norboeva (ko'pkurash)
Kumush medal:
Dunyozod Sayfullaev (disk uloqtirish)
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Elina Silyamieva (bosqon uloqtirish)
Nodir Norboev (o'n kurash)
Bronza medal:
Samandar Mahmudov (o'n kurash)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar