27 apr 21:42
Yangiliklar
Engil atletikachilarimiz qita birinchiligidagi ilk medallarini qo'lga kiritishdi
Qitamizning 40 ta mamlakatidan tashrif buyurgan atletlar qatnashayotgan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarini qo'lga kiritdi.
Biroz avval yakunlangan qizlar o'rtasidagi uzunlikka sakrash dasturida SHarifa Davronova, yigitlar o'rtasidagi yadro uloqtirish sektorida esa Abduazim Rahmatulloev kumush medallarga sazovor bo'lishdi. Qayd etish joiz, SHarifa Davronova hali oldinda o'zining sevimli uch hatlab sakrash dasturida ham medallar uchun kurash olib boradi.
Uzunlikka sakrash, qizlar:
1. Binbin Vu (Xitoy) – 6.41 metr
2. SHarifa Davronova (O'zbekiston) – 6.22
3. Muhammed Mubassina (Hindiston) – 5.90
Yadro uloqtirish, yigitlar:
1. Sixun Park (Janubiy Koreya) – 20.11 metr
2. Abduazim Rahmatulloev (O'zbekiston) – 17.47
3. Abdulrahmon Al Qahtoni (Quvayt) – 17.42
Fikrlar