So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

10 mar 20:14
Yangiliklar

Tadbirlar

Engil atletikachilarimiz V Toshkent xalqaro marafoniga shay

Teglar :  Yangi nafasMarafon
Toshkent marafoni hamda "Yangi nafas" yugurish musobaqasi oldidan yana bir matbuot anjumani o'tkazildi.

Xabaringiz bor, 12 mart kuni poytaxtimizda V Toshkent xalqaro marafoni va Respublikamiz bo'ylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tadi. Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida musobaqaga bag'ishlangan navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi. 

Unda vazir o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston engil atletika federaciyasi raisi o'rinbosari Andrey Abduvaliev va federaciya Bosh kotibi Kamoliddin Ro'zimuhammedov, har bir viloyatlardagi Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi mutasaddilari (ZOOM orqali), OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastavval rasmiylar musobaqa ahamiyati haqida to'xtalishdi. Xususan, bu kabi ommaviy yugurish musobaqalari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirishda katta ahamiyat kasb etishini, Toshkent xalqaro marafonining nufuzi yanada ortib borayotgani xususida gapirib o'tishdi. SHundan so'ng mamlakat engil atletika federaciyasi mutasaddilari musobaqa haqidagi yakuniy malumotlarni taqdim qilishdi.

Ularning takidlashicha, 3 km, 10 km, yarim marafon va marafon bahslarida ishtirok etish uchun 20 dan ortiq mamlakatdan 5500 nafar professional va havaskor sportchilar ro'yxatdan o'tgan. Ular orasida Osiyo o'yinlari g'olibi, jahon chempionatlarida ishtirok etgan bir qator taniqli sportchilar ham bor. Qolaversa, tadbir davomida g'olib va sovrindorlarga beriladigan medallar hamda esdalik sovg'alarining dizayni namoyish etildi.

Federaciya Bosh kotibining malum qilishicha, O'zbekiston terma jamoasi musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan. Jumladan, yarim marafon dasturida qatnashadiganlardan SHohruh Davlatov Keniyada, Ekaterina Tunuskova mamlakatimizning o'zida, marafonchi Marina Xmelevskaya esa Qirg'izistonda mashg'ulot o'tkazdi. SHuningdek, tadbirda viloyatlardagi mutasaddilar o'z hududlarida musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik xususida malumot berishdi.

Ertaga marafon ishtirokchilari uchun texnik yig'ilish va bolalar uchun “Kids run” yugurish musobaqasi bo'lib o'tadi. 12 mart kuni soat 08:00 dan V Toshkent marafoni va Respublikamizning barcha hududlarida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing