So’nggi yangiliklar

12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0 10:45Криштиану Роналду ўзи билан боғлиқ шов-шувли вазият бўйича барчасини айтиб берди 0 10:19UFC Fight Night 290 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 09:47Забит RAF лигаси билан шартнома имзолади. Илк рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 09:14Ўзбекистон крикет федерациясида янги тайинлов 0 08:38Мессининг хайрлашув ўйинида Аргентина йирик ҳисобда ғалаба қозонди + ВИДЕО 0 08:06Рамазон Темировнинг вазн рейтингида бир нечта ўзгариш бўлди 0 19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0 18:25Волкановски: "У билан жангда фаолиятимдаги энг яхши жисмоний ҳолатда бўламан" 0 17:51Ўртоқлик учрашувида Жанубий Кореяга мағлуб бўлдик 0 17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0

06 apr 13:52
Yangiliklar

Tadbirlar

“Yangi O'zbekiston talabalar Olimpiadasi”ga start berildi

Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati” muzeyida “Yangi O'zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalariga tantanali start berish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu yirik sport loyihasi davlatimiz rahbarining 2026 yil 24 fevral kuni yoshlar bilan o'tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda. 

Musobaqa O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi hamkorligida yo'lga qo'yildi.


Musobaqalar uch bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich (universitet bosqichi): 6–20-aprel kunlari;

2-bosqich (hududiy bosqich): 1–15-may kunlari;

Final bosqichi (Respublika bosqichi): 1–10-iyun kunlari tashkil etiladi.

Yakuniy bosqichga Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi” mezbonlik qiladi.


Olimpiada dasturiga voleybol, gandbol, basketbol 3x3, stol tennisi, futbol, engil atletika hamda suzish sport turlari kiritilgan.

Tantanali ochilish marosimida Prezident Administraciyasining mutasaddilari, Sport vazirligi, Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati, oliy talim muassasalarining rektorlari, sport federaciyalarining vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Bugungi kunga qadar musobaqalarda ishtirok etish uchun 168 ta oliy talim muassasalaridan qariyb 160 ming nafar talaba ro'yxatdan o'tgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing