15 noy 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas Aliasxab Xizriev UFC`da debyut qiladi
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Aliasxab Xizriev Dana White's Contender Series shousidan so'ng UFC bilan shartnoma imzolagan edi.
Rossiyalik MMA jangchisi 6 fevral kuni dunyoning eng kuchli ligasida debyutini nishonlaydi. Xizriev shu kuni braziliyalik Vellington Turmanga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, 30 yoshli Xizriev o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Aliasxab 13 ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Hisobida 9 ta nokaut bor. 24 yashar Turman esa so'nggi jangini shu yil avgust oyida Endryu Sanchesga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : fighttme
Fikrlar