So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

19 dek 13:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Engilmas bokschilarimiz haqida taniqli kinorejissyor Janik Fayziev ishtirokida film suratga olinadi

O'zbek bokschilarining olamshumul muvaffaqiyatlari, yutuqlari haqida ko'p gapirdik, sherlar bitdik, suratlar chizdik.

Endi qahramonlarimiz haqida motivacion filmlar suratga olish navbati keldi. Ayni paytda “O'zbekkino” milliy agentligi tomonidan Rio-2016 yozgi Olimpiya o'yinlarida qahramonlik ko'rsatgan bokschilarimiz haqida “Engilmas” (ishchi nomi) nomli kinofilmini tasvirga olish ustida ish olib borilmoqda. 

Filmning scenariy va syujetlarini boyitish, tajribali mutaxassislarning fikrini o'rganish maqsadida hozirda Rossiyada faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz, rejissyor va prodyuser Jahongir (Djanik) Fayziev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. MOQda o'tkazilgan ushbu tadbirda Qo'mita raisi Rustam SHoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov, “O'zbekkino” MA direktori Firdavs Abduxalikov, Rossiyaning «KIT» kinostudiyasi bosh direktori, rejissyor va prodyuser Jahongir Fayziev hamda bo'lajak kino ustida ish olib borayotgan ijodkorlar ishtirok etishdi.

“Sizni yurtimizda yana bir bor ko'rib turganimizdan mamnunmiz. Sizning aktyorlik paytdagi rollaringizni juda yaxshi eslaymiz. Qolaversa, hamyurtimizning xorijda madaniy-marifiy sohalarda ulkan yutuqlarga erishayotgani bizga g'urur bag'ishlaydi. Muhtaram yurtboshimiz boshchiligida olib borilayotgan sog'lom turmush tarzi targ'ibotini hamkorlikda davom ettirish biz uchun sharaf. Yaqinda efirga uzatilishi kutilayotgan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialidan so'ng sportga oid yuqori saviyadagi filmni xalqimizga taqdim qilish ayni muddao bo'lar edi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z navbatida Jahongir Fayziev ham bu boradagi fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

“Har ikkimizning maqsadimiz bir. Siz insonda sog'lom tana, biz esa sog'lom ruh bo'lishini istaymiz. Hozir butun dunyoda sport sohasidagi filmlarni suratga olish urfga kirib bormoqda. Boisi bunday targ'ibot o'zining samarasini berib kelmoqda. Bizning har sohada boy tariximiz bor. Yoshlik paytimizda ham Rufat Risqievning g'alabalarini yaxshi eslaymiz. Hozir ham o'zbek bokschilarining dovrug'i dunyoga mashhur. Endi buni xalqimiz uchun etkazib berishimiz lozim”, – dedi Jahongir Fayziev.

Suhbat davomida Firdavs Abduxalikov va boshqa mutasaddilar bo'lajak kino haqida o'z fikr va takliflarini aytib o'tishdi. Yakunda tomonlar o'zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishib, tez orada bu boradagi navbatdagi qadamni tashlashga kelishib olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing