30 avg 09:38
Yangiliklar

Engilmas bokschimiz WBC kamariga jang qilish uchun Moskvaga jo'nab ketdi + FOTO va POSTER
Bugun tongda "Oqtepa" boks klubi azosi hisoblangan 21 yoshli charm qo'lqop ustamiz murabbiyi Zufar Sulaymonov bilan birga Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo'nab ketdi. Ular 2 sentyabr kuni Moskva shahriga etib borishadi. CHempionlik jangi esa 4 sentyabr kuni "Krilya Sovetov" sport saroyida bo'lib o'tadi.
Avval xabar berganimizdek, Ravshan Mahammadjonovning raqibi ukrainalik 20 yoshli Volodimir Gordienko bo'ladi. Yoshlar o'rtasidagi WBC chempionlik kamari juda ham muhim hisoblanadi. Ravshan bo'lajak jangda g'alaba qozonsa, reytingda Top-20ga kirib olishi mumkin.
Malumot uchun, Ravshan Mahammadjonov prof ringda 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Ettita jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Gordienko esa prof boksda o'tkazgan 9 ta jangining 8 tasida zafar quchgan. Uchta jangni nokaut bilan yakunlagan. Hisobida bitta mag'lubiyat bor.
Fikrlar