16 dek 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas chempion Errol Spens boshqa vaznga o'tmoqchi
Yarimo'rta vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Errol Spens (27-0, 21 KO) kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Eng yaxshi bokschilarga qarshi jang qilib, engilmas chempion bo'lmoqchiman. Men divizionni tozalash arafasidaman. Yana ikki yoki uchta jangdan so'ng birinchi o'rta vaznga o'taman. Raqiblar haqida gapiradigan bo'lsam, men ushbu vaznda Terens Krouforddan ustunlikka egaman.
Ehtimoliy jangimizdan charchashni boshlayapman. Denni Garsiyaga qarshi jangga ikki kun qolganida ham mendan Krouford haqida so'rashdi. Oldingizda muhim jang turmagan vaqtdagina siz bunday savollarga chidashingiz mumkin", - dedi Spens.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar