31 may 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas Menayotin bugun 53-jangini o'tkazadi
Bugun Tailandda professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi superengil vazn toifasida o'tkaziladi. Unda 33 yoshli WBC yo'nalishi chempioni Vaneng Menayotin 30 yoshli davogar Tacuya Fukuxaraga qarshi ringga ko'tariladi. Har ikki bokschi tarozidan o'tishdi va belgilangan vazn (47,6 kg) meyorini bajarishdi.
Menayotina 47,5, Fukuxara esa 47,6 kg tosh bosdi. Bugungi jang Fukuxara uchun revansh maqomida bo'ladi. 2017 yilning noyabr oyida o'tkazilgan ilk jangda Menayotin ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. SHundan so'ng Vaneng ikki marotaba kamarini himoya qildi. Uning hisobida 52 ta jangdan 52 ta g'alaba bor. Nokautlar soni 18 ta!
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar