01 apr 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua: “Deontey, sen istagan vaqt va manzilda jang qilaman!”
Superog'ir vazn toifasida 4ta chempionlik kamarini o'zida birlashtirgan Entoni Joshua amerikalik enilmas Deontey Uaylderni ringga chorladi.
Uaylder eng nufuzli hisoblangan WBC chempionlik kamari sohibi hisoblanadi. Joshua ushbu kamarni qo'lga kiritish orqali superog'ir vazn toifasida superchempion bo'lmoqchi.
“Uaylder! Kel, fursatni boy bermaylik. Jangimiz sen istagan vaqt va manzilda o'tkaziladi. Men senga o'sha paytda saboq berib qo'yaman. Berkinib yurishni bas qil”, - dedi Joshua.
Havola :
Fikrlar