23 sen 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua faoliyatini yakunlaydimi? Bokschining o'zi bu savolga javob berdi
Britaniyalik professional bokschi, superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua yana bir bor so'nggi jangidagi mag'lubiyatni izohladi.
U 22 sentyabr tongida IBF chempioni Daniel Dyubuaga qarshi jang qilib, beshinchi raundda nokautga uchragan edi.
"Endi nima bo'ladi? Qiyinchiliklardan qochishga harakat qilamizmi? Yo'q, biz kurashishda davom etamiz. Bu hayotim mazmuni. Men jangchiman", dedi Joshua.
Malumot o'rnida, 34 yoshli charm qo'lqop ustasi hisobida endilikda 28 g'alaba va 4 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar