27 mar 19:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua Franklinga mag'lub bo'lsa faoliyatini yakunlashini aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Jermeyn Franklinga qarshi jangda mag'lub bo'lsa faoliyatini yakunlashini malum qildi.
"1 aprel kuni g'alaba qozonishga umid qilaman. Agar Franklinga mag'lub bo'lsam, faoliyatimni yakunlayman. Sababi mag'lub bo'lganimdan keyin jang qilishimga hech kim ruxsat bermaydi.
Franklin jiddiy raqib, men esa mag'lub bo'lmoqchi emasman. SHunday ekan, bu erda hech qanday "agar"ga o'rin yo'q. Bor etiborimni g'alabaga qaratishim kerak", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Joshua va Franklin o'rtasidagi jang 1 aprel kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar