03 jan 18:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua: "Maqsadim Fyuri bilan jang qilish"
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua (28-4, 25 KO) 2025 yildagi rejalari haqida gapirdi.
"Maqsadim – 2025 yilda uch karra jahon chempioni bo'lish hamda Tayson Fyuri bilan jang qilish. Albatta, o'tgan janglarda g'alaba qozonishim kerak edi, lekin bunday qila olmadim. Endi to'xtay olmayman, maqsadimga etgunimcha davom etishim kerak. Ko'ramiz. Ringga chiqaylik-chi. Faqat Xudo biladi, lekin yaqin kelajakda hammasi o'z joyiga tushadi", dedi Joshua.
Entoni so'nggi jangini 2024 yil sentyabr oyida IBF chempioni Daniel Dyubuaga qarshi o'tkazib, nokautga uchragandi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar