10 apr 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua: “Povetkin meni qiziqtirmaydi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua asosiy etiborini WBC chempioni Deontey Uaylder bilan jang o'tkazishga qaratmoqda.
Britaniyalik bokschi chempionlik kamari uchun majburiy davogar rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi jang o'tkazmoqchi emas.
“Povetkin bilan jang meni qiziqtirmaydi. Men Uaylderga qarshi jang o'tkazishni istayman. Boshqa tomondan majburiy davogarga rad javobini berish orqali chempionlik kamarimdan mahrum bo'lishni ham xohlamayman.
O'ylaymanki, Povetkin bilan 2018 yilning ikkinchi yarmida albatta to'qnash kelaman. Lekin hozir bor etiborimni Uaylderga qarshi kechadigan jangga qaratganman. Hozircha Povetkin meni qiziqtirmaydi”, – dedi Joshua Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar