24 avg 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua: Povetkin - "molodec"!
Superog'ir vaznda WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua Aleksandr Povetkinning g'alabasiga munosabat bildirdi.
Rossiyalik 40 yoshli bokschi bizning vaqt bilan kecha tong saharda britaniyalik Dillian Uaytni nokautga uchratib, vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
"Dillian Uaytning faoliyati hali uzoq davom etadi va uning kelajagi porloq ekaniga ishonaman. Bu mag'lubiyat uning statistikasidagi kichik bir dog'. Hozir odamlar Dillian haqida bo'lmag'ur gaplarni gapirishyapti. Men bu fikrlarga qo'shilmayman. U haqiqiy jangchi. Unga tezroq barchasini unutib, ringga kuchli bo'lib qaytishini tilayman. Bizning sport xavfli. Ammo hayot davom etadi. Povetkin shunchaki "molodec!". Dillian, sen gap-so'zlarga etibor berma!", — deya Joshuaning so'zlarini keltirmoqda TalkSport.
Havola :
Fikrlar