06 apr 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua tanqidlarga javob qaytardi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua amerikalik Jermeyn Franklin bilan bo'lib o'tgan jangi haqidagi tanqidlarga javob berdi.
“2017 yilga qaytish. Men Klichko bilan jangni beshinchi raundda yakunlash uchun bordim va uning 11-raundgacha omon qolganiga birdan-bir sabab – charchaganim edi. Pulev bilan jangda men uni to'xtatishga yaqin keldim va bir raundda 200 ta zarba berdim, lekin u matonatli edi.
Tajriba - eng yaxshi o'qituvchi. Mag'lubiyatga uchramaydigan raqiblarni to'xtatishga urinayotgan yosh bokschilarni ko'rasiz. Va ularning bazilari men boshimdan kechirganlarimni boshdan kechirishini, ringda aqlliroq bo'lish kerakligini tushunib etganiniga guvoh bo'lasiz. Mayk Tayson ham 12 raund jang qilgan. Butun masofani bosib o'tishimda buning nimasi yomon? - deya Joshuaning so'zlarini keltiradi BoxingScene nashri .
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar