19 dek 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua: "Usik Fyurini birinchi jangda nokautga uchratishini xohlaganman"
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua 2024 yilning may oyida Aleksandr Usik bilan bo'lib o'tgan birinchi jangda Tayson Fyuriga muxlislik qilmaganini tan oldi.
Eslatib o'tamiz, Usik hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongandi. O'shanda jang to'qqizinchi raundda yakunlanishi mumkin edi. Lekin Fyuri deyarli nokaut holatidan chiqib keta olgandi.
"Usik uni yana bir zarba bilan ushlab olishini xohlardim. Men qaradim va o'yladim: "Iltimos, yana bitta kuchli zarba". O'zini tutib turish qiyin edi. Men Usik Fyurini nokautga uchratishini xohlardim, bu yigitni tinchlantirish kerak. Qasam ichib aytamanki, agar menda shunday imkoniyat bo'lsa, uni "uxlash"ga yuboraman", - deya Joshuaning so'zlarini keltiradi The Ring.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar