02 iyu 17:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua yana ringga qaytishi haqida gapirdi
Superog'ir vazndagi sobiq jahon chempioni, britaniyalik Entoni Joshua albaniyalik bokschi Kristian Prengaga qarshi jang oldidan o'z fikrlari haqida gapirdi.
Ularning jangi 25 iyul kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi va oqshomning markaziy jangi maqomiga ega bo'ladi.
"Men yana kombinaciyalarimni his qilishni xohlayman. Kuchli zarbalarimni yana his qilishni istayman. Raqibimning tanasi mening bosimim ostida qanday o'zgarayotganini, uni qanday sindirayotganimni va o'z mahoratini qanday namoyon qilayotganimni ko'rishni xohlayman.
Men juda qattiq uraman va agar buni yana namoyish qila olsam, bu Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy jang oldidan menga qo'shimcha ishonch beradi", — dedi Joshua.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar