28 avg 08:26
Yangiliklar
Entoni Joshuaga 10 kun muhlat berildi
Tayson Fyuri bilan ishlaydigan britaniyalik promouter Frenk Uorren Joshuadan javob kutish uchun oxirgi muddatni belgiladi. Noyabr oyiga rejalashtirilgan ushbu jang bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichga etdi.
"Agar Joshua kelasi hafta oxirigacha o'z roziligini bermasa, qo'rqamanki, bu jang ham hech qachon o'tkazilmagan boshqa ko'plab ajoyib janglar qismatiga duchor bo'ladi", — dedi Uorren Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq, Fyuri har qanday holatda ham 20 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" arenasida ringga chiqishni rejalashtirayotgani, agar Joshua shartnomani imzolamasa, unga boshqa raqib topilishi malum bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, har ikki bokschi o'n yil davomida tanaffuslar bilan olib borilgan muzokaralardan so'ng, jang uchun dastlabki roziligini bergandi. Biroq, keyinchalik ular o'rtasida jang o'tkaziladigan joy bo'yicha kelishmovchiliklar yuzaga keldi: tadbirni moliyalashtirayotgan saudiyalik magnat Turki Al ash-SHayx jangni dastlab rejalashtirilgan Angliyadan AQSHga ko'chirishni talab qilmoqda. Fyuri jamoasi bunga rozi, biroq Joshua tomoni bir qator qo'shimcha talablarni, jumladan, soliq yukining oshishi sababli gonorarni ko'paytirishni talab qilmoqda.

Fikrlar