02 apr 03:26
Yangiliklar
Entoni Joshuaning Jermeyn Franklinga qarshi jangi yakunlandi
Buyuk Britaniya poytaxti bo'lmish Londonda joylashgan 02 Arena'da navbatdagi nufuzli boks kechasi o'z yakuniga etdi.
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan kechaning markaziy jangida superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua amerikalik 29 yoshli charm-qo'lqop ustasi — Jermeyn Franklinga qarshi ringga ko'tarildi. 12 raund etib belgilangan super jang to'liq davom etdi va unda kutilganidek Entoni Joshua muvaffaqiyat qozondi. Ingliz bokschisi Jermeyn Franklindan hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra (118:111, 117:111, 117:111) ustun keldi.
Mazkur g'alaba Joshua uchun faoliyatidagi yigirma beshinchisi bo'ldi, Franklin esa karerasidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
SHuningdek, kechaning co main event to'qnashuvida yana bir angliyalik bokschi — Fabio Uordli og'ir vaznda WBA Continental kamari uchun amerikalik Maykl Polit-Koffiga qarshi ringga chiqib, g'alaba qozondi. Bokschilar o'rtasidagi 10 raundga mo'ljallangan jang to'rtinchi raundda Uordlining nokauti bilan yakunlandi.
Fikrlar