24 mar 13:05
Yangiliklar
Entoni Joshuaning ringga qaytish taxminiy muddati aytildi
"U so'nggi kunlarni juda yaxshi o'tkazdi. Hozir Entoni allaqachon mashg'ulot lagerida, ammo qaytish sanasi haqida hali qaror qabul qilinmadi. O'ylashimcha, iyul oyi - mo'ljal olsa arziydigan oqilona muddat. Mashg'ulot lageri uning sevimli joyi. Aslida bunday bo'lmasligi kerak. Agar u erda qanchalik og'ir mehnat qilishlarini ko'rsangiz, bu hech kimning sevimli joyi bo'lmasa kerak. Lekin ular, jangchilar shunday. O'ylaymanki, Joshua haqiqatan ham bu rejimga qaytganidan xursand va biz tez orada uning navbatdagi jangi bo'yicha ish boshlaymiz", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi Boxingnews24 portali.
Malumot uchun, 36 yoshli Entoni Joshua professional boksda 2013 yildan beri ringga ko'tariladi. Uning hisobida 29 ta g'alaba bor, shundan 26 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. Mag'lubiyatlari soni 4 ta. Havaskor boksda London-2012 Olimpiadasi chempioni. O'tgan yili u Nigeriyadagi avtohalokatda bir o'limdan qolgandi. U bilan bir mashinada bo'lgan ikki do'sti tan jarohatlar sabab vafot etgan edi.

Fikrlar