06 apr 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Pettis Xollouey - Pore jangi haqida fikr bildirdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Entoni Pettis Dastin Pore va Maks Xollouey o'rtasida o'tkaziladigan jangga munosabat bildirdi.
Etiborga molik jihati shundaki, Pettis o'z vaqtida har ikkala sportchiga qarshi jang o'tkazgan va mag'lubiyatga uchragan.
"Dastin Xolloueyga qaraganda engil vazn toifasida ancha tajribali. U ushbu divizionning eng kuchlilari bilan jang o'tkazgan. Xollouey esa yarim engil vazn toifasi vakili. Baribir vaznlar orasida tafovut bor.
Men ularning har ikkisi bilan jang o'tkazganman. SHundan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, barchamiz ajoyib jang guvohiga aylanamiz. Lekin oldidan qaysi sportchining imkoniyati yuqoriroq ekanini ayta olmayman", - dedi Pettis.
Havola :
Fikrlar