24 dek 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Pettis yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Entoni Pettisning UFC`dan ketganligi haqida xabar bergan edik.
Amerikalik 33 yoshli jangchi PFL MMA-promousheni bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida ushbu promoushenning rasmiy "Tvitter" sahifasida xabar berildi.
Pettis PFL ligasida engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazadi. Entoni o'tgan yakshanba tongida UFC Vegas 17 turnirida Aleks Morononi mag'lubiyatga uchratgan edi. O'sha jang uning UFC promoushenidagi so'nggi jangi bo'lib qoldi.
Havola :
Fikrlar