10 iyu 21:58
Yangiliklar
Erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan yakunlashdi
Musobaqaning so'nggi ikki kuni yoshlar o'rtasidagi erkin kurash bahslarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Bugun gilamga chiqqan kurashchilarimizdan 61 kg vazn toifasidagi Arslan Rahimov mo'g'ulistonlik Enxbold Enxbatni 8-2, 92 kg vazndagi Ravshanbek Jumaboev koreyalik CHa Seo Xyunni 10-2 hisobida taslim etdi.
SHu tariqa, erkin kurash bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari Arslon Rahimov (61 kg), Umidjon Jalolov (65 kg), Zafarbek Otaxonov (70 kg) va Ravshanbek Jumaboev (92 kg) Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Bugun bronza medali uchun kurashgan Hojiakbar Abduqahhorov (86 kg) hindistonlik Jointi Kumarga, Aynazar Bazarbaev (125 kg) qozog'istonlik Bekzat Tajiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fikrlar