So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

27 mar 12:16
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin kurashni hayoti deb biladigan Majid Muratov bilan yaqindan tanishamiz

Bugungi sahifamizda erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, qator xalqaro musobaqalar g'olibi Majid Muratov haqida hikoya qilamiz.

Majid Muratov — erkin kurashchi, O'zbekiston milliy jamoasi azosi, xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindori. U kurash bilan 8 yoshidan shug'ullana boshlagan. Birinchi murabbiyi Olimjon Hikmatov bo'lib, sportchining dastlabki texnik tayyorgarligi va musobaqa tajribasi aynan shu murabbiy qo'l ostida shakllangan. Olimjon Hikmatov ayni paytda erkin kurash bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. 

2013-2015 yillar davomida Muratov respublika va shahar miqyosidagi o'smirlar musobaqalarida muntazam sovrinli o'rinlarni egalladi. 2015 yilda o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston birinchiligida chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. 2017 yilda kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida kumush medal sovrindori bo'ldi.

2016 yildan uning xalqaro maydondagi yurishi boshlandi. U xorijdagi ilk musobaqasidayoq muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Muratov Filippinning Manila shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi. SHu yilning o'zida Franciyaning Makon shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatida 5-o'rinni egalladi.

AQSHga kelgach, Majid Muratov kollejlar o'rtasidagi musobaqalarda qatnashdi. 2020 yilda NJCAA milliy chempionatida kumush medal egasiga aylandi. 2022 yilda u yana O'zbekiston chempioni bo'ldi va o'sha yili AQSHda o'tkazilgan Spatola Classic turnirida oltin medalni qo'lga kiritdi.

Murabbiylar va mutaxassislar Majid Muratovning kurash uslubini taktik yondashuvi bilan baholaydilar. U ayniqsa yiqitishdan keyingi vaziyatlarda hujumni davom ettirib, qisqa vaqt ichida ustunlikni ochkoga aylantirish qobiliyati bilan ajralib turadi.

Hozirda u AQSHdagi Cincinnati Regional Training Center sportchilari bilan mashg'ulot jarayonlarida ishtirok etyapti. U bu bilan xalqaro uslubdagi kurashga tayyorlanayotgan sportchilar bilan tajriba almashmoqda.

Uning Osiyo, Evropa va AQSHdagi natijalari zamonaviy erkin kurashda texnik va taktik tayyorgarlik hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko'rsatadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing