So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

05 mar 14:40
Yangiliklar

Kurash

Kurashni maktab sporti tizimiga integraciya qilish masalalari muhokama qilindi

Teglar :  KurashIKA
Maktab sportini xalqaro miqyosda rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi nufuzli tashkilot ishtirokida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda — International School Sport Federation (ISF) Sport direktori Marko Petric, Xalqaro Kurash Associaciyasi Bosh kotibi janob Reza Nassiri hamda Associaciya Mamuriyati rahbari Mansur Mirzaev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida kurash sport turining xalqaro rivoji, uning yoshlar sportidagi o'rni va maktab sporti tizimi bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan batafsil taqdimot o'tkazildi. Taqdimotda kurash bilan shug'ullanuvchilar soni, ayniqsa, O'zbekiston, Hindiston va Eron kabi mamlakatlarda juda yuqori ekani alohida qayd etildi. SHuningdek, O'zbekistonda shakllangan zamonaviy sport infratuzilmasi hamda kurash maktabining boy tajribasi xalqaro hamkorlik uchun muhim asos bo'lib xizmat qilishi takidlandi.

Muloqot davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosiga ham alohida etibor qaratildi. Mazkur Qarorga asosan, kurash sport turini mamlakatning barcha umumtalim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus orqali nafaqat yosh sportchilar sonini ko'paytirish, balki kurash bo'yicha malakali o'qituvchi va murabbiylar korpusini kengaytirish maqsad qilingan.

Uchrashuv chog'ida janob Marko Petric maktab sporti taqvimidagi yirik musobaqalar haqida ham malumot berdi. Jumladan, 2027 yilda U15 yosh toifasidagi musobaqalar Serbiyada, U18 toifasidagi bahslar esa Mekcikada ISF World Cup individual sport turlari dasturi doirasida o'tkazilishi rejalashtirilganini takidladi. SHu bilan birga, u Kurash sport turining ISF World Combat Games dasturi doirasiga kiritilishi ehtimolini mamnuniyat bilan qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Muzokaralar yakunida IKA tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan qo'shimcha maslahatlashuvlar o'tkazilishi, shundan so'ng hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda aniq amaliy qadamlarni belgilash maqsadida navbatdagi uchrashuvni tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing