So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

11 apr 13:59
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin va yunon-rum kurashchilarimizda Tokio Olimpiadasi licenziyalari 8 taga etdi

Qozog'istonning Olmaota shahrida o'tkazilayotgan Tokio Olimpiadasiga Osiyo licenzion turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Kechki dasturda bizni o'zbekistonlik erkin kurashchilar ishtirokidagi 4 ta final uchrashuvi kutmoqda. O'z vazn toifalarida Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan G'ulomjon Abdullaev (57 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Javrail SHapiev (86 kg) va Magomed Ibragimov (97 kg) musobaqaning finalida oltin medal uchun gilamga chiqadi. 

SHu tariqa, O'zbekiston erkin va yunon-rum kurashi terma jamoalarining Tokio Olimpiadasiga licenziyalari soni 8 taga etdi. Har ikkala terma jamoamizda 4 tadan Olimpiada chiptasi bor. Kecha o'tkazilgan klassiklar bellashuvlarida hamyurtlarimizdan Mo'minjon Abdullaev (130 kg) o'z faoliyatida uchinchi bor Olimpiadada qatnashish huquqini qo'lga kiritgan edi.  

Yunon-rum kurashi licenziyalari:

60 kg: Elmurat Tasmuradov       

77 kg: Jalgasbay Berdimuratov 

97 kg: Rustam Assakalov 

130 kg: Mo'minjon Abdullaev 


Erkin kurash licenziyalari:

57 kg: G'ulomjon Abdullaev

74 kg: Bekzod Abdurahmonov

86 kg: Javrail SHapiev

97 kg: Magomed Ibragimov

Malumot uchun, Tokio Olimpiadasiga yo'llanmalarni taqdim etuvchi so'nggi licenzion musobaqa 6-9 may kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o'tkaziladi. Jahon licenzion turnirida barcha qita kurashchilari, shu jumladan O'zbekiston terma jamoasi azolari so'nggi imkoniyatdan foydalanadi. Hozirda erkin kurashda 2 ta, yunon-rum kurashida ham 2 ta, ayollar kurashida esa to'liq 6 ta yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyati bor.     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing