30 noy 09:21
Yangiliklar
Sport kurashlari, Kurash
Eronlik kurashchidan murabbiyi rossiyalik raqibga yutqazib berishni so'radi
Polshaning Bidgoshe shahrida o'tkazilgan sport kurashlari bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan polvonlar o'rtasidagi jahon chempionatida qiziq holat yuz berdi.
Eronlik kurashchi Alirizo Karimi-Maxianining murabbiyi shogirdidan 1/8 final bosqichida rossiyalik sportchiga atayin yutqazib berishni talab qildi. Bu bahs -86 kg vazn toifasida o'tkazilayotgandi. Bellashuvda esa aynan Alirizo katta farq bilan ustunlikka erishayotgan edi.
Gap shundaki, agar eronlik kurashchi bahsda g'alaba
qozonsa, chorak finalda isroillik Uri Kalashnikov bilan to'qnash kelardi. Eron va
Isroil davlatlari o'rtasidagi siyosiy vaziyat sabab eronlik murabbiy shunday
qarorga kelgan. Natijada Karimi ustozining aytganini qilib, rossiyalik kurashchiga yutqazib berdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar