18 okt 09:56
Yangiliklar
Eronlik mutaxassis karatechilarimizni Olimpiadaga tayyorlaydi
Musobaqa doirasida O'zbekiston karate Milliy federaciyasining maxsus matbuot anjumani tashkil etildi. Unda eronlik mutaxassis SHahab Sultoni keng ommaga O'zbekiston kattalar terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirildi.
Marosimda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Saken Polatov, O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi Allamjon Mullaev, Eron Islom Resbpublikasining yurtimizdagi elchixonasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
SHahab Sultoni matbuot anjumanida savollarga javob berar ekan, o'zbekistonlik karatechilarning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga imkon qadar ko'proq yo'llanma olishi uchun o'z xissasini qo'shishga astoydil harakat qilishini takidladi.
Tadbir yakunida Oybek Kasimov bosh murabbiyga yangi boshlayotgan ishida muvaffaqiyat tiladi va unga terma jamoa libosini topshirdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar