19 noy 12:10
Yangiliklar
Eronlik Olimpiada chempionlari yoppasiga medallarini sotishyapti
12 noyabr kuni Eron va Iroq chegarasida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 5000 ga yaqin inson halok bo'lgan, 8000 nafardan ziyodi turli darajadagi tan jarohatini olishgandi. Yana bir necha mingi boshpanasiz qolgan edi.
Eronlik Olimpiada chempionlari o'z medallarini sotish
orqali gumanitar yordam ko'rsatishni maqsad qilishgan. Beg'araz yordam berish istagida
bo'lganlar orasida og'ir atletika bo'yicha Olimpiada chempioni Kiyanush Rostami, o'q
otish bo'yicha Paralimpiya o'yinlari g'olibi Sarex Javanmardi va boshqalar bor.
SHuningdek, Afina-2004 Olimpiadasining kumush medal sovrindori Masud Mustafo-Jokar ham medalini sotishga qaror qilgan. Eron futboli afsonasi Ali Dayi bankda maxsus hisob raqami ochdi.
Fikrlar