11 jan 17:06
Yangiliklar

Eronlik Xalk dunyodagi eng qo'rqinchli odam bilan jang qiladi
Eronlik og'ir atletikachi Sajad G'aribiy 27 yoshda. U “Eronlik Xalk” nomi bilan mashhur. Sajad o'z Instagram sahifasini yuritadi. Ayni damda uning sahifasini 400 mingdan ziyod kishi kuzatib boradi va bu ko'rsatkich o'sishda davom etmoqda. Xalkning bo'yi 188 metr, vazni esa 174 kilogrammni tashkil etadi.
“Biz, eronliklar, boshlagan ishimizni oxiriga etkazishga o'rganganmiz. Meni MMAga taklif qilishgan ekan, buni rad qilolmayman. SHunday ekan, mening muayyan istaklarim va majburiyatlarim yuzaga keladi”, – dedi G'aribiy.
SHuningdek, G'aribiy rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovga qoyil qolganini takidladi. Uning Konor Makgregor ustidan qozongan g'alabasini haqli deb hisoblaydi. Habib bilan oktagonda jang qilish orzu qiladi.
36 yoshli Martin Ford haqida to'xtaladigan bo'lsak, u aktyor va bodibilder sifatida mashhur. Uning laqabi – “Dunyodagi eng qo'rqinchli odam” Fordning bo'yi 207 santimetr, vazni esa 150 kilogramm.
Har ikki og'ir atletikachi uchun mazkur jang ilk jang bo'ladi.
Fikrlar